Shifokoringiz sizga dori tayinlaganida siz uchun ularning tarkibida aslida nimalar borligi emas, qancha tabletka qabul qilish va ularni qachon qabul qilish kerakligiga ko‘proq e’tibor berish eng to‘g‘ri yo‘ldir. Bugungi dorilar ko‘pincha o‘n yillab davom etgan puxta tadqiqotlar, laboratoriyadagi son-sanoqsiz muvaffaqiyatsizliklar va hayratlanarli yutuqlar natijasidir. Bularning barchasi tartibga soluvchi organlarning ruxsatini olish talab etiladigan og‘ir sinovlar oldidan bajariladi.
Biroq yorliqqa yaxshiroq qarang va ingrediyentlar orasida bitta yoki bir nechta asosiy elementlarni —Faol farmatsevtik ingradiyentlarni (FFI)—topasiz va shunday kichkina oq tabletkaga hayotingizni o‘zgartirish qobiliyatini beradigan narsalar aynan shulardir.
Yangi FFIni ishlab chiqishni kundalik oddiy jarayon deb bo'lmaydi. Ehtimoliy muvaffaqiyat ayrim hollarda faqatgina yillar emas, balki o‘n yillar uzoqlikdagi kelajakda bo‘lgani holda u olimlarimizdan favqulodda ehtiros hamda missiyaga sodiqlikning chuqur his qilishni talab qiladi. Bu yo‘lda ko‘pgina muvaffaqiyatsizliklarni kutish bilan birgalikda xatolik bo‘lib ko‘ringan narsadan yangi imkoniyatlarni tanib olish uchun moslashuvchanlik hamda qat’iylik talab qilinadi.
Tabiiyki, kompaniyamiz xodimlari ushbu yangi davo vositalarini topish uchun tadqiqotchilar bilan bir yoqadan bosh chiqarib ishlaydi hamda yangi FFIni kashf qilish va ishlab chiqishda ularni qo‘llab-quvvatlash uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tishimiz kerak. Yangi kashfiyotlarning afzalliklaridan foydalanish uchun eng zamonaviy texnologiyalarimiz va global qurilmalarimiz muntazam ravishda rivojlanib boradi.
O‘n yillab tajribasi bor xodimlarning bilimini yosh hamkasblari bilan baham ko‘rishi ish madaniyatimizning muhim qismi hisoblanadi va u kuchli jamoatchilik munosabatlarini yaratishda ham, mahsulotlarimiz sifatini saqlab qolishimizni kafolatlashda ham muhim rol o‘ynaydi.
Ishlab chiqarilgandan so'ng qattiq nazorat qilinuvchi faol farmatsevtik ingradiyentlar (FFI) miqdori bilan to‘ldirilgach, ushbu tabletkalar taqsimlash zanjiriga kiritilishidan avval avtomatik qadoqlash va sinov jarayonlaridan o‘tadi. Faqatgina shunday uzoq jarayondan keyingina ular sizga yetib boradi.
Tabletkalar idishidagi hech bir yorliq dorini ishlab chiqishning to‘liq tarixi haqida ma'lumot berish uchun yetarlicha katta bo‘lmaydi. Buning o‘rniga unda dori tarkibidagi API'lar sanab o‘tilishi mumkin, biroq siz shunchaki ko‘z ko‘rib turganidan ko‘proq narsalar mavjudligini bilasiz.