235 yilligimizni nishonlar ekanmiz, biznesimiz rivojlanib kelgan yo‘lni aks ettiramiz va shu davrda orttirgan ayrim tajribalarimizni baham ko‘ramiz.
Juda kam odamlar hayotining har bir bosqichida bularni boshidan kechirganini ayta olishi mumkin. Ayno holat korporativ olamda ham daxldor — barcha kompaniyalar ham butun tarixi davomida birdek muvaffaqiyatga erishavermaydi. Mijozlaringiz ehtiyojini qondirish uchun rivojlanish halol va pragmatik yondashuvni talab qiladi. Takeda'ning butun tarixida davomida bo‘ylab biz yangi yondashuvlarga ochiq qolganimiz holda ildizlarimizga sodiq bo‘lib keldik — va biz bu ishni sharaf bilan ado qildik deb o‘ylaymiz.
Biznesda sharaf bilan ulg‘ayish uchun muhim bo‘lgan narsalar quyidagilardir:
Har bir kishi doimo o‘zining shaxsiy o‘sish sari intilishi, kompaniyalar hech qachon eski narsalardan qoniqmasligi kerak; bu mahsulotingizni taklif qilish, bemorlarga xizmat qilish, jamoangizning boshqa jamoa bilan hamkorlik qilish yoki butun dunyodagi ehtiyojmand hamjamiyatlarga yordam berish usuli bo‘lishi mumkin. Takeda korporatsiyasi doimo o‘sha muhim sohalarda yangiliklar yaratish va yanada samarali ishlovchi jarayonlar va mahsulotlarni ishlab chiqishni davom ettirish bilan shug‘ullanadi.
O‘zingizni yaxshi his etish va prinsiplaringizga amal qilish sizga faqat naf keltiradi. Biz o‘zimiz "Takeda-ism" deb ataydigan korporativ falsafaga asosan ishlaymiz va u qaror qabul qilishlarimizda yo‘riqnoma bo‘ladi va kjrporativ madaniyatimizni eslatib turadi. Uning barchasi halollik — adolat, rostgo‘ylik va tirishqoqlik — bilan biznes yuritish haqidadir va muvaffaqiyatlarimiz aynan ushbu qadriyatlarga asoslanadi. O‘z etikangga sodiq qolish doimo o‘zini oqlaydi.
Yaxshi hamkor bo‘lish va yaxshi hamkorlarni tanlash nafaqat uzoq muddatli shaxsiy o‘sish uchun, balki kompaniya sifatida rivojlanishimiz uchun ham juda muhimdir. Hamkorlarimiz sharofati bilan ko‘proq bemorlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga egamiz. Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, universitetlar, advokatlik tashkilotlari, notijorat tashkilotlar — bular biz yillar davomida orttirgan hamkorlarimizning ayrimlari, xolos. Ularsiz biz kompaniya sifatida rivojlanmagam bo‘lar edik.