Kirish imkoniyatini yoqishKirish imkoniyatini yoqish

Listing - Xorijiy bozorlarga kirib borish: 1945-1984-yillar

Takeda bosh qarirgohdan litsenziya olgach, Yamaguchi prefekturasiga qarashli Hikari shahridagi dengiz floti bombardimon qilinishi oqibatida vayron bo‘lgan qurol-yarog‘ omborini zavodga aylantirdi. Bu urushdan keyingi davrda xususiy shaxslarning davlat yeridan ilk bora foydalanishi bo‘ldi. U Takeda kompaniyasining Osakadagi zavoddan keyingi ikkinchi asosiy zavodi bo‘ldi va unda asosan o‘sha vaqtda jamiyat uchun nihoyatda zarur bo‘lgan vaksinalar ishlab chiqarildi.
May oyida Takeda kompaniyasi aksiyalarini sotuvga chiqardi va ular ommaviy ravishda sotila boshladi.
Takeda Yaponiyaning birinchi polivitamini bo‘lgan Panvitan® ni ishlab chiqardi.
Takeda va ACC kompaniyalarning har biri Lederle (Japan)(hozir Wyeth K.K.) ni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan kapitalning yarmini taqdim etdilar. Bu urushdan keyingi Yaponiyada farmatsevtika soghasidagi ilk qo‘shma korxona bo‘ldi. Lederle (Japan) Takeda kompaniyasi bozorga chiqargan Aureomitsin antibiotigini ishlab chiqardi.
Takeda B1 vitamining so‘rilishini orttiruvchi prodori – B1 vitamini hosilasi bo‘lgan Alinamin® ni muvaffaqiyatli ishlab chiqdi va sotishni boshladi. O‘sha yillarda kompaniya urushdan keyingi oziq-ovqat yetishmasligi sabab yuzaga kelgan to‘yib ovqatlanmaslikni yengillashtirish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini boyitishga mo‘ljallangan vitaminlar yetkazib berishni ham boshladi.

Shoshishaning tarixi 1923-yilga borib taqaladi, shu yili Chobei Takeda V o‘z mablag‘lari hisobidan moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan iste’dodli talabalarni qo‘llab-quvvatlashni boshladi.

Bu ishni amalga oshirish uchun 1960-yilda Shoshisha jamg‘armasi tashkil qilindi.

1962-yili Tayvanda ishlab chiqarish va marketing kompaniyasi tashkil qilinganidan keyin Takeda Janubi-sharqiy Osiyoda, jumladan, Filippin, Tailand va Indoneziyada ishlab chiqarish va marketing kompaniyalarini tashkil qildi. 1994-yilda tashkil qilingan Tianjin Takeda Pharmaceuticals Co., Ltd. Xitoydagi "Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti sertifikati"ga ega bo‘lgan birinchi zavod bo‘ldi.

Takeda kompaniyasi moliyalashtiradigan ushbu jamag‘arma tegishli sohalardagi ilmiy-tadqiqot ishlariga turtki berish va ularni qo‘llab-quvvatlash orqali ilmiy texnologiyalar va madaniyatni rivojlantirishga hissa qo‘shish maqsadida tashkil qilindan edi.

Jamg‘arma yildan-yilga o‘z amaliyotini barqaror ravishda kengaytirib kelmoqda.

1978 yili Takeda Fransiyada farnatsevtik-marketing qo‘shma korxonasini, keyin esa Germaniya va Italiyada operatsiya markazlarini tashkil qildi.