Kirish imkoniyatini yoqishKirish imkoniyatini yoqish

Kompaniya haqida ma´lumot


Takeda kompaniyasi bemorlarga qaratilgan, qadriyatlarga asoslangan, ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga yo‘naltirilgan global biofarmatsevtika kompaniyasi bo‘lib, u butun dunyodagi odamlarni Yaxshiroq salomatlik va Yorqinroq kelajak bilan ta’minlashga intiladi. G‘ayratimiz va bemorlarni davolashning hayotni o‘zgartiruvchi usullariga bo‘lgan intilishimiz Yaponiyaning 230 yildan ortiq tarixiga chuqur ildiz otgan.

GLOBAL YORITISH

Biz dunyo farmatsevtika bozorlari orasida mos tarzda uchinchi va birinchi o‘rinlarni egallovchi Yaponiya va AQShda yetakchi o‘rinlarni egallagan holda, dunyodagi taxminan 80 ta mamlakatda faoliyat olib boramiz. Biz dunyo miqiyosida ko‘proq kishilarga yuqori darajadagi innovatsion dori vositalari va Innovatsion davolashni taqdim etamiz.

FACTSHEET
RIVOJLANAYOTGAN
BOZORLAR

13

%

YAPONIYA

18

%

~¥3.3T

~$30B

YILLIK*
DAROMAD
AQSH

50

%

YEVROPA VA
KANADA

19

%

 

*Takeda va Shire kompaniyalari birlashtirilgan, 2017-yildagi ma’lumotlarga asoslangan tarixiy pro-shakl.

1781-yildan beri 

230 yildan ortiq vaqt davomida Takeda kompaniyasi uzluksiz o‘zgarishlar jarayonida o‘z biznesini halollik bilan rivojlantirib keldi. 

Takeda kompaniyasi 1781-yili Chobei Takeda Yaponiya va Xitoyning an’anaviy dorilarini Osakaning Doshomachi tumanida sotish biznesini boshlab, ishga kirishgan edi. Takeda 230 yildan ortiq vaqtdan beri farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlab kelmoqda, biz ushbu vaqt mobaynida eng yuksak axloq standartlari va vazifalaga sodiqlik hissini qaror toptirdik. Biz ushbu vaqt mobaynida jamiyat bilan munosabatlarimizni yaxshilash uchun tinmay harakat qilib keldik. Oldinga yurish barobarida global biofarmatsevtika kompaniyasi sifatidagi majburiyatlarimizni ado qilishni davom ettiramiz.